Transport va logistika vaziri Alemu Sime milliy logistika rejasini qat’iy e’lon qildi:
– Qaror qabul qilindi: noelektr transport vositalarining Efiopiyaga kirishi taqiqlanadi.
Cheklov siyosatidan ko‘zlangan asosiy maqsad zararli chiqindini va shahar markazida shovqin darajasini kamaytirish.
Mamlakatga kirib kela boshlaganda, elektromobilga talab kam edi, ammo butun dunyo bo‘ylab yonilg‘i narxi oshishi va joriy taqiq tufayli efiopiyaliklar elektromobilga o‘tishga majbur bo‘lmoqda. Eng oddiy shunday mashina taxminan ikki ming yevro turadi. Elektr transport vositasini ishlatish ham qulay, chunki bu davlatda tok nisbatan arzon. Afrika bo‘yicha energiya salohiyati eng yuqori bo‘lgan Efiopiyadagi davlatga qarashli energetika kompaniyasi – EELPA ma’lumotiga ko‘ra, mavjud elektr stansiyasi quvvati hozir 5249 MVt. Bu mamlakatni elektr uzatish sohasida qit’a kashshofiga aylantiradi. Hatto, qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirishda sezilarli yutuqlarga erishgan qo‘shni Keniya ham bunday natijaga erisha olmaydi.
Afsuski, Efiopiyada elektr transportiga o‘tish jarayoni muammosiz kechmayapti. Avtomobil sotuvchilari va elektr transporti vositasi haydovchilari mashinani uyda quvvatlantirishi kerak. Hozircha quvvat beruvchi jamoat stansiyalar mavjud emas.
Avtomobilga egalik qilish bo‘yicha jahonda eng past ko‘rsatkichlardan biri aynan 122 million kishi istiqomat qiladigan Efiopiyaga tegishli. Bu davlatda har ming fuqaroga ikki mashina to‘g‘ri keladi.