Bugun 19 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

ECHL tarixida qayd etilmagan antirekord o‘rnatildi

ECHL tarixida qayd etilmagan antirekord o‘rnatildi

Angliyaning naq to‘rtta vakili Chempionlar ligasi 1/8 final yakunlariga ko‘ra musobaqadagi ishtirokini yakunladi.

Seshanba kuni «Manchester Siti» va «Chelsi» turnirdan tashqarida qolgan bo‘lsa, chorshanba kuni ular qatoriga «Nyukasl» va «Tottenxem» ham qo‘shildi. Opta ma’lumotlariga ko‘ra, bu bitta chempionatning to‘rtta jamoasi Chempionlar ligasining bir bosqichida musobaqa bilan xayrlashishi bilan bog‘liq tarixdagi ilk holatdir.

«Manchester Siti» Madridning «Real» klubiga imkoniyatni boy berdi (1:5), «Chelsi» «PSJ»ga hech qanday qarshilik ko‘rsata olmadi (2:8), «Nyukasl» «Barselona» tomonidan tor-mor etildi (3:8), «Tottenxem» esa «Atletiko» to‘sig‘idan o‘ta olmadi (5:7).

Chempionlar ligasining 1/4 finalida Premyer-liganing ikki vakili — «Arsenal» va «Liverpul» ishtirok etadi.

Kiritildi: Bugun 13:46. O'qildi: 463 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!