Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

DXX yil boshidan buyon 116ta "hujra"lar faoliyatini to‘xtatdi

DXX yil boshidan buyon 116ta "hujra"lar faoliyatini to‘xtatdi

Davlat xavfsizlik xizmati 2018 yilning boshidan buyon yuzdan ortiq diniy ta’lim beruvchi yashirin “hujra”larni aniqladi, deb xabar qilmoqda “O‘zbekiston 24” telekanali.

Reportajda aytilishiga ko‘ra, ana shunday yashirin “bilim dargohlari”da, o‘zining ilmi yetarli darjada bo‘lmagan domlalar tomonidan, kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan diniy kitoblar o‘qitilgan va bolalar shafqatsiz jazolangan.

Xususan, Andijonlik hunarmand Nosirbek Turg‘unovning zyida ham ana shunday “hujra” borligi aniqlangan. U yerda yarim podval xona ichida 5-6 yoshli bolalarga diniy ta’lim berilgan. Yaxshi o‘qimagan bolalarning oyoqlari ostiga xivich bilan savalangan yoki ovqatsiz yerto‘laga qamab qo‘yilgan.

Shu o‘rinda, Sirdaryolik Sherali Ibodov nomli “domla”ning ham qilmishi esga olingan. “Tariqat” diniy oqimini o‘rgatuvchi ushbu kimsaning shafqatsiz tarbiyasidan 6 yoshli go‘dak Muhammadsodiq Abdulhaqov vafot etgan. Ibodovni esa sud 7 yilga ozodlikdan mahrum qilgan edi.

Reportajda aytilishiga ko‘ra, o‘tgan 2017 yilda O‘zbekiston bo‘yicha ana shunday “hujra”lardan 33ta aniqlangan bo‘lsa 2018 yilning birinchi yarmida 116ta “hujra” aniqlangan.

 

Kiritildi: 11:25 14.08.2018. O'qildi: 1371 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!