Bugun 17 may, 2025 yil, shanba

КИР

DXX: Respublika miqyosida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlariga chek qo‘yildi

A A A
DXX: Respublika miqyosida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlariga chek qo‘yildi

Joriy yilning 1-7 aprel kunlari DXX, IIV, Bosh prokuratura va O‘zenergoinspeksiya xodimlari hamkorligida respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilgan reyd tadbirlarida jami 2776 ta holatlar aniqlanib, shundan elektr energiyasidan 1807 ta, tabiiy gazdan 969 ta holatda jami 19,5 mlrd so‘mlik zarar yetkazilganlik holatlari bo‘yicha dalolatnomalar tuzildi.

Shuningdek, olib borilgan chora-tadbirlar natijasida 6,8 mlrd so‘m davlat foydasiga undirildi.

Respublika bo‘yicha aniqlangan noqonuniy holatlar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan ushbu davrda 39 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va 263 ta ma’muriy jazo choralari qo‘llanildi.

Mazkur yo‘nalishda reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 07:35 10.04.2025. O'qildi: 914 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!