Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

DW: Polsha bir haftaning o‘zida uchinchi marta Rossiya samolyotini to‘xtatdi

DW: Polsha bir haftaning o‘zida uchinchi marta Rossiya samolyotini to‘xtatdi

Polsha harbiylarining ma’lum qilishicha, Rossiyaning Il-20 razvedka samolyoti Polsha havo hududini buzmagan, biroq Boltiq dengizi ustida tasdiqlangan parvoz rejasisiz va transponderlari o‘chirilgan holda uchgan. Bu esa “mintaqadagi parvoz xavfsizligiga potensial tahdid” sifatida baholangan.

Rossiya samolyotini to‘xtatish uchun Polshaning MiG-29 qiruvchilari havoga ko‘tarilgan.

Xuddi shunday holat 28 oktyabrda ham sodir bo‘lgan. 30 oktyabr kuni esa Polsha harbiy-havo kuchlarining MiG-29 qiruvchilari Rossiyaning Il-20 samolyotini mamlakat havo hududiga yaqin joyda, Boltiq dengizi ustida to‘xtatgandi.

Polsha harbiylari Rossiya harbiy aviasiyasining Boltiq mintaqasida faollashganini qayd etib, “NATO'dagi ittifoqchilari bilan yaqin hamkorlikda to‘liq jangovar tayyorgarlikda ekanliklarini va Rossiya provokasiyalariga samarali javob berishayotganini” bildirdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi esa bu hodisalar yuzasidan haligacha izoh bermagan.

Kiritildi: 16:28 01.11.2025. O'qildi: 1145 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!