Nashr xabariga ko‘ra, Xristian-demokratik ittifoq/Xristian-sosial ittifoq (XDI/XSI) konservativ bloki nomzodi Bundestag deputatlarining zarur bo‘lgan 316 ovozini qo‘lga kirita olmadi. Mersni nomzodini 310 deputat qo‘llab-quvvatladi, 307 nafari esa unga qarshi chiqdi. Yana uch deputat betaraf qoldi.
Focus nashrining yozishicha, endi Bundestag Mers yoki boshqa nomzodni kansler etib saylashi uchun 14 kun vaqtga ega. Ovoz berish bosqichlari soni cheklanmagan, biroq g‘alaba qozonish uchun baribir 316 ovoz kerak bo‘ladi. Agar bu muddat ichida hech bir nomzod yetarli ovoz to‘play olmasa, kansler etib saylanish uchun keyingi bosqichda oddiy ko‘pchilik ovozi kifoya qiladi.
Germaniya matbuotining xabar berishicha, bugun Bundestag kansler saylovi bo‘yicha yangi ovoz berish o‘tkazmaydi. Ovoz berish ertaga, 7 may kuni bo‘lib o‘tishi mumkin, ammo rasmiy sana hali e’lon qilinmagan.
2025 yil fevral oxirida bo‘lib o‘tgan muddatidan oldin parlament saylovlari natijasida konservativ XDI/XSI bloki birinchi o‘rinni egallagach, Fridrix Mers Germaniyaning yangi kansleri bo‘lishi kutilayotgan edi. Der Spiegel nashrining qayd etishicha, bungacha kansler lavozimiga nomzod ko‘pchilik ovozini ololmagan yagona holat 1972 yilda yuz bergan.