Bugun 17 may, 2025 yil, shanba

КИР

Durov "Telegram" YEI qonunlariga mos kelmasligi haqidagi da’volarini rad etdi

A A A
Durov "Telegram" YEI qonunlariga mos kelmasligi haqidagi da’volarini rad etdi

"Telegram" messenjeri har doim Yevropa Ittifoqi qonunlariga qat’iy rioya qilgan. Bu haqda uning asoschisi Pavel Durov aytdi.

Shu tariqa u fransuz ommaviy axborot vositalarining ayblovlar ilgari surilganidan keyingina "Telegram" Yevropa Ittifoqi qonunchiligiga rioya qila boshlagani haqidagi bayonotlariga izoh berdi.

"Bu yolg‘on. "Telegram" doim Yevropa Ittifoqi qonunlariga amal qilgan", — deb yozgan Durov o‘zining "Telegram" kanalida.

Shu bilan birga Durovning aniqlik kiritishicha, aynan fransuz polisiyasi "e’tiborsiz qolgan" va qonuniy yo‘l bilan "Telegram"ga so‘rovlar yuborganidan so‘ng Yevropa Ittifoqi qonunlariga rioya qila boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, 17 mart kuni Durov Dubayga qaytganini tasdiqlagan edi. U ish davom etayotganini qo‘shimcha qildi va barchaga yordam uchun minnatdorchilik bildirdi.

Kiritildi: 08:18 18.04.2025. O'qildi: 893 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!