Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Durov hibsga olinganidan keyin Fransiya hukumati veb-saytlari xakerlar hujumiga uchradi

Durov hibsga olinganidan keyin Fransiya hukumati veb-saytlari xakerlar hujumiga uchradi


Telegram asoschisi Pavel Durov Parijda hibsga olinganidan so‘ng xakerlar Fransiya hukumatining bir qancha veb-saytlariga hujum qildi. Bu haqda "Le Parisien" gazetasi yozmoqda.

Qayd etilishicha, 25 avgust kuni Fransiya davlat xizmatlari sayti, Dori vositalari va tibbiy mahsulotlar xavfsizligi milliy agentligi portali va boshqa resurslar kiberhujumlarga uchragan. Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, bu saytlar kun davomida sekin yuklangan va vaqti-vaqti bilan kirish imkoni bo‘lmagan.

Kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassis Kleman Domingo gazetaga bergan intervyusida yaqin kelajakda bunday hujumlar soni ortishi mumkinligini aytdi.

Kiritildi: 19:04 26.08.2024. O'qildi: 798 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!