Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Durov Fransiyani Ruminiya sayloviga ta’sir o‘tkazishda aybladi

Durov Fransiyani Ruminiya sayloviga ta’sir o‘tkazishda aybladi

Telegram asoschisi Fransiya razvedkasini Ruminiya prezidentlik saylovlariga ta’sir o‘tkazishga uringanlikda aybladi.

"Shu yil bahorda Hôtel de Crillion mehmonxonasidagi “janglar zali”da Fransiya razvedkasi rahbari Nikola Lerner mendan Ruminiyadagi prezidentlik saylovlari arafasida konservativ ovozlarni bloklashni so‘radi. Men rad etdim. Biz Rossiya, Belarus yoki Erondagi namoyishchilarni bloklamaganimiz kabi, Yevropada ham bunday qilmaymiz", — deb yozdi Pavel Durov.

Avvalroq u G‘arbiy Yevropadagi bir mamlakat uni Ruminiya prezidentligiga nomzodlardan birining tarafdorlarini bloklashga majburlamoqchi bo‘lganini ma’lum qilgan edi.

Fransiya Tashqi ishlar vazirligi esa Telegram asoschisining da’voloarini rad etdi va uni yolg‘on ma’lumot tarqatishda aybladi.

Kiritildi: 10:01 19.05.2025. O'qildi: 357 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!