Telegram asoschisi Pavel Durovning aytishicha, mamlakat aholisi hisobidan o‘z martabasini ko‘tarayotgan fransuz mutasaddilarining xatti-harakatlari texnologiya sohasiga o‘nlab yillar davomida jalb qilingan sarmoyani minimallashtiradi.
Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
"Ayni paytda Fransiyadagi har qanday texnologiya kompaniyasini "jinoiy guruh" deb e’lon qilish mumkin. Texnologiyalar sohasiga sarmoya jalb qilish bo‘yicha o‘n yillik sa’y-harakatlar bir necha byurokratlar tomonidan o‘z martaba va siyosiy maqsadlarini - fransuz xalqi hisobiga yo‘q qilinmoqda", deb ta’kidladi Durov.
Eslatib o‘tamiz, amerikalik milliarder Ilon Maskga tegishli bo‘lgan X kompaniyasi avvalroq Fransiya rasmiylari unga nisbatan "algoritmlarni manipulyasiya qilish va soxta ma’lumotlarni olish" bo‘yicha tergov boshlagani haqida xabar bergan edi. X algoritm manipulyasiyasi haqidagi ayblovlarni yolg‘on deb atadi.