Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Dunyoning eng ko‘p haq to‘lanadigan aktyori Baydenni qo‘llab-quvvatladi

Dunyoning eng ko‘p haq to‘lanadigan aktyori Baydenni qo‘llab-quvvatladi

Aktyor Dueyn Jonson Demokratik partiyadan bo‘lajak prezidentlik saylovlariga nomzod, sobiq vise-prezident Jo Baydenni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

U tegishli videoxabarni Instagramdagi sahifasiga joylashtirdi.

Jonsonning ta’kidlashicha, u Jo Bayden va uning vise-prezidentlikka nomzodi Kamalla Xarris bilan AQShning mamlakat sifatidagi muammolari to‘g‘risida "juda samarali" suhbat o‘tkazgan.

"Men sobiq vise-prezident Bayden va senator Xarrisni mamlakatni boshqarishga eng yaxshi da’vogarlar deb bilaman", deya ta’kidlagan aktyor.

 

 

Kiritildi: 22:11 28.09.2020. O'qildi: 2848 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!