Bugun 18 noyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Dunyodagi eng qimmat yashil tosh sotildi

Dunyodagi eng qimmat yashil tosh sotildi

Sadriddin Og‘a Xon III-ning Cartier zumradi auksionda sotilib, yangi rekord o‘rnatildi. Bu haqda sunlight taqinchoqlari ensiklopediyasi xabar berdi.

Olmos bilan bezatilgan yashil tosh rekord miqdorda 9 million dollarga sotib olindi.

“Shunday qilib, bu zumrad dunyodagi eng qimmat yashil toshga aylandi”, — deyiladi xabarda.

1960 yilda Sadriddin Og‘a Xon o‘z kelini Nina Sheyla Diaraga Cartier taqinchoqlarini buyurtma qildi. Uning iltimosiga ko‘ra, brosh 37 karatli zumrad bilan bezatilgan.

1969 yilda Diara hayvonlarga yordam berish uchun zumradni kim oshdi savdosiga qo‘ydi. Uni fransuz zargarlik kompaniyasi Van Cleef & Arpels 580 ming Shveysariya frankiga sotib oldi.

Bir necha yil o‘tgach, bu tosh "Olmoslar qiroli" laqabli Garri Uinstonning qo‘liga o‘tdi. U undan marjon yasadi va 2024 yilning noyabrida Sadriddin Og‘a Xon sovg‘asi yana kimoshdi savdosida paydo bo‘ldi.

Kiritildi: 21:02 17.11.2024. O'qildi: 455 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!