Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Dunyodagi eng keksa prezident 100 yoshga to‘lguncha hukmronlik qilishga qaror qildi

Dunyodagi eng keksa prezident 100 yoshga to‘lguncha hukmronlik qilishga qaror qildi

Kamerunning 92 yoshli prezidenti Pol Biya sakkizinchi prezidentlik muddatiga saylanish niyatini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Agar Biya navbatdagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, u qariyb 100 yoshga to‘lguncha mamlakatni boshqarishda davom etadi.

Kamerunda saylovlar ikkinchi bosqichsiz o‘tkaziladi — g‘olib eng ko‘p ovoz olgan nomzod hisoblanadi, hatto u 50 foizdan kam ovoz to‘plagan bo‘lsa ham.

Pol Biya dunyodagi eng uzoq prezidentlik qilgan va merosiy yo‘l bilan hokimiyatga kelmagan ikkinchi yetakchi hisoblanadi. Uning oldida faqat Ekvatorial Gvineya rahbari Teodoro Obiang Ngema Mbasogo turadi.

Kiritildi: 15:23 12.10.2025. O'qildi: 1198 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!