Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 1,1 million kishidan oshdi

Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 1,1 million kishidan oshdi

Dunyo bo‘yicha koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etganlar soni 1,1 million kishidan oshdi. Bu haqda kasallanish statistikasini real vaqt rejimida kuzatib borayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Hozirga qadar butun dunyoda 39 million 68 mingdan ortiq kishida koronavirus aniqlangan bo‘lib, ularning qariyb 27 millioni sog‘aygan (68,9 foizi).

Eng ko‘p o‘lim holatlari AQSh (218 ming kishi), Braziliya (153 ming kishi) va Hindistonda (112 ming kishi) qayd etilgan.

Kasallanish ko‘rsatkichi bo‘yicha AQSh hamon yetakchi bo‘lib turibdi —  COVID-19’ni yuqtirib olish bilan bog‘liq 8 milliondan ortiq holat qayd etilgan. Ikkinchi o‘rinda Hindiston (7,3 million bemor), uchinchi o‘rinda esa Braziliya (5,2 million bemor).

Kiritildi: 15:45 17.10.2020. O'qildi: 1325 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!