Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Dunyo nufuzli restoran baholash tizimi bo‘lgan Michelin Guide ro‘yxatiga Istanbuldan so‘ng Izmir va Bodrumning qo‘shilishi ortidan 2024 yil uchun qizg‘in tayyorgarliklar ko‘rilmoqda

A A A
Dunyo nufuzli restoran baholash tizimi bo‘lgan Michelin Guide ro‘yxatiga Istanbuldan so‘ng Izmir va Bodrumning qo‘shilishi ortidan 2024 yil uchun qizg‘in tayyorgarliklar ko‘rilmoqda

• Bodrumda 19 ta, Izmirda 15 ta, umumiy 111 ta restoran tavsiya etiladi.

• Izmirdagi 3 ta va Bodrumdagi 2 ta restoran, shuningdek, Istanbulda 2 ta yangi tashkilot Michelin yulduzi bilan taqdirlandi.

• 4 ta yangi restoranga Michelin Yashil Yulduzi unvoni berildi.

Istanbul, Izmir va Bodrum yangi Michelin qo‘llanmasiga kiritiladigan restoranlar tanlovini taqdim etishdan mamnun. Michelin mutaxassislari ilk marotaba Izmirda 15, Bodrumda 19 ta jami 111 ta muassasani tavsiya qiladi. Ulardan Izmirdagi 3 ta va Bodrumdagi 2 ta restoran Michelin yulduzini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 8 tasi Bib Gourmand (Bodrumda 2 ta, Izmirda 6 ta) bilan taqdirlangan. Istanbulda 2 ta restoran Michelin yulduzi va 8 ta Bib Gourmand mukofoti, umumiy 25 ta restoranlar ro‘yxatga yangi kiritilgan yoki joriy qilinmoqda. Shu tariqa, Istanbuldagi tavsiya etilgan restoranlarning umumiy soni 77 taga yetdi.

Michelin Guide xalqaro direktori Gvendal Poullennekning so‘zlariga ko‘ra: “Joriy yilda o‘tkazilgan tekshiruvlarimiz natijasida, Istanbulning oshpazlik mahoratidan mutaxassislarimiz takroran hayratda qoldilar. Murakkab xarakterga ega kosmopolit shahar bo‘lgan Istanbul klassik turk tavernalaridan tortib, zamonaviy muassasalar, shinam restoranlar va mazali xalqaro taomlarga qadar juda boy gastronomik salohiyatni taqdim etadi. Shahar bo‘ylab tarqalgan 24 ta yangi restoran “Bir Michelinin yulduzi”ni qo‘lga kiritgan, o‘z an’analari bilan faxrlanadigan mahoratli oshpazlar avlodi tomonidan boshqariladigan gastronomik standartlardagi yuksalishni ham ifodalaydi.”

"Bizning jamoamiz Michelin Guide oilasiga yangi a’zo bo‘lgan ikki shahar: Izmir va Bodrum o‘rtasidagi farqlarni alohida e’tirof etdi. Jumladan Bodrum o‘z navbatida qirg‘oqda joylashgan tamaddixonalari va shahar markazidagi kichik restoranlari bilan o‘ziga xos va hamyonbopdir”, — deb qo‘shimcha qiladi Gvendal Poullennek.

Izmirdagi 3 ta restoran ilk bor Michelin yulduzi bilan taqdirlandi. Oshpaz Usmon Sezener tomonidan boshqariladigan OD Urla o‘zining haqiqiy, chuqur ildiz otgan oshpazlik yondashuvi bilan ajralib turadi. Uzumzorlar va zaytun bog‘lari bilan o‘ralgan ushbu oilaviy mulkda oshpaz va uning jamoasi eng yaxshi mahalliy mahsulotlarni namoyish etadi. Ularning yarmi to‘g‘ridan-to‘g‘ri joylarda yetishtirilar ekan, qolganlari mahalliy ishlab chiqaruvchilar va dehqonlardan olinadi.

Teruar Urlada oshpaz Usmon Serdarog‘lu va uning jamoasi O‘rta yer dengizidan ilhomlangan oshxonani italyan nuanslari bilan aralashtirib, mahalliy mahsulotlarning nafis ta’mini yaqqol yuzaga chiqarmoqda. Qo‘zi go‘shtidan tortib, yangi echki pishlog‘i va suzma bilan qovurilgan qovoqqa qadar taomlar kamchiqim, ammo lazzatga boydir.

Bodrumdagi 2 restoran bir Michelin yulduzi bilan taqdirlandi. Oshpaz Usmon Sezener tomonidan boshqariladigan Kitchen restorani, mazali va betakror ta’mga milliy turk taomlarini taklif etadi. Bundan tashqari, bu yerda mahalliy va yangi mahsulotlar issiq ko‘mirda pishirilgan va zararsiz bog‘ o‘tlari bilan boyitilgan qaylada pishirilgan sakkizoyoq kabi taomlar ham mahorat bilan tayyorlanadi.

Kiritildi: 17:13 14.11.2023. O'qildi: 2138 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!