Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Dunyo mamlakatlarida poraxo‘rlarga nisbatan qanday jazo qo‘llaniladi?

Dunyo mamlakatlarida poraxo‘rlarga nisbatan qanday jazo qo‘llaniladi?

Poraxo‘rlik turli jazolarga sabab bo‘lishi mumkin – oddiygina jarimadan torib qo‘lni chopib tashlash va o‘lim jazosigacha.

AQSh
Ehtimol AQSh korrupsiyaga qarshi kurash olib borish sohasida dunyodagi eng qat’iy siyosatlardan biriga amal qiladi. Ammo AQSh qonunlari poraxo‘rlarga nisbatan olingan poraning uch barobar qiymatidagi jarima va 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosini nazarda tutadi.

Germaniya
Germaniyada poraxo‘r amaldorga nisbatan uch yildan besh yilgacha bo‘lgan qamoq jazosi xavf soladi. Biroq sud korrupsiyasi bilan bo‘lgan vaziyat biroz boshqacharoq. Mamlakatda poraxo‘r sudyalar 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Buyuk Britaniya
Buyuk Britaniyada poraxo‘rlik va korrupsiyaga oid ikkita qonun qabul qilingan. Birinchisi, “Jamoat tashkilotlaridagi poraxo‘rlik to‘g‘risida”gi qonun (1889 yilda nashr etilgan), ikkinchisi, “Korrupsiyadan ogohlantirish to‘g‘risida”gi qonun (1906-1916 yillarda qabul qilingan).

Buyuk Britaniyada korrupsion jinoyatda aybdor deb topilgan shaxs uch yildan yetti yilgacha bo‘lgan qamoq jazosi bilan jazolanadi va unga berilgan sovg‘a, pul yoki boshqa buyumlar qiymatiga teng bo‘lgan mablag‘ni to‘lab beradi.
Bundan tashqari, korrupsion jinoyatni amalga oshirgan shaxs yetti yil muddatga jamoat mansabdorlik lavozimiga saylanish huquqidan mahrum qilinadi.

Rossiya
Bugungi kunda Rossiya korrupsiya avj olgan dunyodagi 50 ta mamlakatning biri. Fedeasiyada korrupsiyachilarga jazo tayinlash pora olish vaziyati va pora qiymatiga qarab belgilanadi. Shu tariqa Rossiyada o‘ta ko‘p miqdorda pora olgan shaxsga nisbatan olingan poraning 80 barobaridan 100 barobarigacha bo‘lgan qiymatdagi jarima yoki 8 yildan 15 yilgacha bo‘lgan qamoq jazosi xavf soladi.
G‘arbda Sharqqa qaraganda korrupsiya jinoyatiga nisbatan yengil jazo tayinlanadi. Ayniqsa, Osiyo qit’asida ushbu jinoyat uchun eng ayovsiz jazolar tayinlanadi.

Tailand
Tailandda 2015 yil 13 iyulda korrupsiya tug‘risidagi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga binoan, o‘ta ko‘p miqdordagi pora uchun o‘lim jazosi tayinlanadi. Ushbu qonun mamlakat fuqarolari uchun ham, chet el fuqarolari uchun ham bir xil amal qiladi.
Shu bilan birga, kam miqdarda olingan pora uchun ham bu yerda 5 yildan 20 yilgacha qamoq jazosi tayinlanadi.

Xitoy
Xitoyda ham pora olish oliy jazo bilan jazolanadi. Odatda bunday jinoyatchilar ommaviy qatl etiladi. So‘nggi o‘n yilda Xitoyda 10 mingdan ortiq mansabdor shaxs omma oldida otib tashlandi. 120 mingdan ortiq poraxo‘rlarga nisbatan 10 yildan 20 yilgacha qamoq jazosi tayinlandi.

BAA
Birlashgan Arab Amirliklarida korrupsiyaga qarshi kurash qonunlari o‘zgacha jazoni nazarda tutadi. Bu yerda korrupsiyachilarning shunchaki qo‘li chopib tashlanadi.

Turkiya
Turkiyada ko‘pchilik xizmat evaziga “minnatdorchilik” bildirishni pora deb hisoblamaydi. Bu yerda xizmat evaziga mukofotlash an’anasi mavjud. Misol uchun, odamga pul yoki qimmatbaho buyum sovg‘a qilish qonunda taqiqlanmagan.

Istanbullik advokat Merkan Arslining so‘zlariga ko‘ra, yaqin kunlardan boshlab mamlakatda pora turlarini toifaga bo‘lish amaliyotini qo‘llash rejalashtirilmoqda.

“Unga ko‘ra, “oddiy” va “noqonuniy” pora turlari mavjud. “Oddiy” pora davlat mansabdori tomonidan ma’lum bir qonuniy ishni tezlashtirib berishni nazarda tutadi. Qonunchilik bunday amaliyotga jiddiy qaramaydi. “Noqonuniy” poraga esa noqonuniy ishni hal qilib berishga urunish sifatida qaraladi. Bunday pora uchun o‘n yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin”, - dedi advokat.

Merkan Arslining so‘zlariga ko‘ra, pora beruvchi ham, oluvchi ham jazoga tortiladi. Mansabdor shaxs olgan porasining besh barobarini davlat foydasiga to‘lab beradi. Bundan tashqari, uning mol-mulki musodara qilinadi va u egallab turgan lavozimiga qayta tayinlanmaydi.

Eron
Eron ham poraxo‘r mansabdorlarni qatl etish bilan mashhur bo‘lgan. O‘lim jazosi osish orqali mamlakatning katta maydonlarida va omma oldida amalga oshiriladi. Eron qonunchiligi uchun pora hajmi muhim emas, u yerda pora olganligi isbotlansa bo‘ldi.
Shu bilan birga mamlakatda poraxo‘r amaldorlarning barmoqlarini va qo‘llarini kesish amaliyoti ham qo‘llaniladi.

Kiritildi: 05:00 08.07.2020. O'qildi: 4554 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!