Bugun 5 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Dunyo armiyalari reytingida O‘zbekiston yuqoriladi

A A A
Dunyo armiyalari reytingida O‘zbekiston yuqoriladi

2025 yil O‘zbekiston dunyo armiyalari reytingida 145 ta davlat orasida 58-o‘rinni egallab, o‘tgan yilga nisbatan 7 pog‘ona yuqoriladi. Bu haqda Global Firepower sayti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozog‘iston 57, O‘zbekiston 58, Turkmaniston 77, Qirg‘iziston 105 va Tojikiston 108 o‘rinlardan joy olgan.

Jumladan, 2024 yilda harbiy xarajatlar uchun eng ko‘p mablag‘ ajratgan Markaziy Osiyo davlatlari orasida ham O‘zbekiston birinchi o‘ringa chiqqan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotning 1,9 foizini armiya va mamlakat mudofaa qobiliyatini saqlashga sarflaydi. Undan keyingi o‘rinlarda esa Turkmaniston -1,3%, Qirg‘iziston -1,2%, Tojikiston -1,1% va Qozog‘iston -0,8% turadi.

Kiritildi: 02:12 11.01.2025. O'qildi: 7540 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!