Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Dunyo aholisi soni 8 milliard kishiga yaqinlashmoqda

Dunyo aholisi soni 8 milliard kishiga yaqinlashmoqda

BMT ma’lumotiga ko‘ra, 1990 yilda 5,3 milliard, 2015 yilda esa 7,3 milliard bo‘lgan dunyo aholisi soni ayni paytga kelib 7,8 milliardga yetgan. Bu raqam 2050 yilda 9,7 milliardga, 2100 yilda esa 11,2 milliardga yetishi kutilmoqda. 

Hozirda dunyo aholisining eng katta qismi – 60 foizi (4,7 milliardi) Osiyo qit’asida istiqomat qilmoqda. Afrikada 17 foiz (1,3 milliard), Yevropada 10 foiz (750 million), Lotin Amerikasi va Karib havzasida 8 foiz (650 million), Shimoliy Amerika va Okeaniyada 5 foiz (tegishli ravishda 370 va 43 million) aholi istiqomat qiladi. 

Dunyo aholisi yiliga 82 mln kishiga ko‘paymoqda va har soniyada o‘rtacha 2,6 bola dunyoga keladi.

Aholi soni bo‘yicha Osiyo qit’asining birinchi o‘rinda ekani, shubhasiz, Xitoy va Hindiston bilan bog‘liq: Xitoyda 1,4 milliard, Hindistonda esa 1,3 milliard aholi yashaydi. Hindiston 2027 yilda aholi soni bo‘yicha Xitoyni quvib o‘tishi va dunyoning aholisi eng ko‘p mamlakatiga aylanishi kutilmoqda. 

Taxminlarga ko‘ra, yaqin o‘n yilliklarda Yevropa aholisi tobora kamayadi, Afrika aholisi esa aksincha ortadi. 

 Ta’kidlanishicha, dunyodagi har beshinchi homiladorlikdan ikkitasi istalmagan hisoblanadi.   

Kiritildi: 08:25 11.07.2020. O'qildi: 6133 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!