Bugun 24 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Duda ukrainalik uchuvchilarni F-16 qiruvchi samolyotlarini boshqarishga o‘qitishni boshlashga chaqirdi

A A A
Duda ukrainalik uchuvchilarni F-16 qiruvchi samolyotlarini boshqarishga o‘qitishni boshlashga chaqirdi

Polsha prezidenti Anjey Duda ukrainalik uchuvchilarni F-16 qiruvchi samolyotlarida mashq qilishni boshlashga chaqirdi.

Uning fikricha, Ukraina Qurolli kuchlari NATO standartlariga javob berishni xohlaydi va shuning uchun F-16 qiruvchilaridan foydalanishi kerak.

«Uchuvchilarni tayyorlash Ukraina uchun muhim va mutlaqo zarur», dedi Duda CNN telekanaliga bergan intervyusida.

CNN manbalariga ko‘ra, ayni damda AQSh ukrainalik uchuvchilarga Amerikaning turli harbiy samolyotlari, jumladan, F-16 samolyotlarini boshqarishi uchun qancha vaqt ketishini aniqlashga harakat qilmoqda.

Ikki ukrainalik uchuvchi AQSh harbiy bazasida bo‘lib, u yerda ularning mahorati parvoz simulyatorlarida sinovdan o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 22:17 08.03.2023. O'qildi: 2094 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!