Polsha prezidenti Anjey Duda mamlakat hukumatidan Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu yanvar oyi oxirida Xolokost xotirasiga bag‘ishlangan tadbirda hibsga olinmasligi uchun unga kafolatlar berishni so‘radi, deb yozadi Bloomberg. Bir oy oldin Polsha OAVlari Netanyaxu Xalqaro Jinoyat Sudi buyrug‘i bilan hibsga olinishidan qo‘rqib, fashistlarning Osvensim kontslageri ozod etilganining 80 yilligiga qatnashmasligi mumkinligi haqida xabar bergan edi. XJS 21 yanvar kuni sud bosh prokurori Karim Xonning talabiga binoan, Netanyaxuni urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etganlikda ayblamoqchi bo‘lgan talabiga ko‘ra order berdi.
Bosh vazir Donald Tuskga yo‘llagan maktubida Duda Netanyaxuning potentsial qolishi “mutlaqo istisno holatlar” tufayli “to‘siqsiz” bo‘lishini so‘raydi”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan Bloomberg. Duda Polsha hukumatini Netanyaxu hibsga olinmasligi va mamlakat xalqaro huquqni hurmat qilishini ta’minlash uchun "adekvat formula ishlab chiqishga" chaqiradi.
Osvensimga boradigan Isroil delegatsiyasiga ta’lim vaziri Yoav Kish boshchilik qilishi ma’lum qilindi.