Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

dtm.uz veb-sayti boshqa domenga ko‘chmoqda

A A A
dtm.uz veb-sayti boshqa domenga ko‘chmoqda

Sobiq Davlat test markazi — hozirgi Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti boshqa domenga ko‘chmoqda. Bu haqda tashkilot rasmiy telegram-kanalida xabar berildi.

Ma’lumki, O‘zbekiston prezidentining 2022 yil 21 dekabrdagi farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi negizida Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tashkil etilgan edi.

«Bugunga qadar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti sifatida dtm.uz domenidan foydalanilayotgan edi. Hozirda agentlikning rasmiy veb-sayti uzbmb.uz domeniga o‘tkazilmoqda.

Shu sababli 28 fevral kuni dtm.uz saytiga kirishda uzilishlar bo‘lishi mumkin. Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz», deyiladi agentlik xabarida.

Kiritildi: 21:53 28.02.2023. O'qildi: 2812 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!