Bugun 28 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Donesk viloyatida Rossiya hujumi oqibatida 150 nafar shaxtyor yer ostida qoldi

Donesk viloyatida Rossiya hujumi oqibatida 150 nafar shaxtyor yer ostida qoldi

2025 yil 26 avgust kuni Rossiya armiyasi Donesk viloyatining Dobropolye shahri va unga yaqin aholi punktlariga hujum qildi. Artilleriya va aviasiya zarbalari natijasida 148 nafar shaxtyor ko‘mir shaxtasi ichida to‘silib qolgani ma’lum qilindi.

RBK-Ukraina xabar berishicha, hujumlar natijasida shaxtalar elektr ta’minotisiz qolgan va ishchilar yer ostida chiqib keta olmay qolishgan.

Mahalliy aholi va telegram-kanallar ma’lumotlariga ko‘ra, Dobropolye, Belozerskoye, Annovka, Iverskoye va Svyatogorovka shaharlari zarbaga uchragan. Shuningdek, Dobropolyega kamida to‘rtta aviasiya bombasi tashlangani aytilmoqda.

Hozirda qutqaruv xizmati xodimlari shaxtyorlarni yer ostida qolib ketishidan qutqarish uchun ishlar olib bormoqda.

Kiritildi: 18:49 26.08.2025. O'qildi: 682 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!