Bugun 21 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Donald Tusk: «Yaqin Sharqdagi urushdan asosiy foydani Putin va Rossiya ko‘rmoqda»

Donald Tusk: «Yaqin Sharqdagi urushdan asosiy foydani Putin va Rossiya ko‘rmoqda»

Polsha Bosh vaziri Donald Tusk Yaqin Sharqdagi nizolardan eng ko‘p manfaat ko‘rayotgan tomon Rossiya ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda STVR telekanali xabar bermoqda.

«Yaqin Sharqdagi urushdan bir ma’noli benefisiar (foyda ko‘ruvchi) Putin va Rossiya bo‘lgani — bu fakt», — deb ta’kidladi Tusk.

Uning fikricha, Ukrainaning mavqei zaiflashayotgan bir paytda, Moskva energiya resurslari narxining ko‘tarilishi va NATO bo‘yicha sheriklar o‘rtasidagi ixtiloflardan o‘z manfaati yo‘lida foydalanmoqda.

Shuningdek, u Yaqin Sharqdagi nizoni imkon qadar tezroq tugatishga chaqirdi va bu urushning davom etishi hech bir tomonning manfaatlariga to‘g‘ri kelmasligini aytib o‘tdi.

Kiritildi: Bugun 16:05. O'qildi: 592 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!