AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Kaliforniyadagi yong‘inlarda gubernator Gevin Nyusomni aybladi.
“Amerika Qo‘shma Shtatlarining eng yaxshi va eng go‘zal joylaridan biri yonib ketadi. Bu kul va Gevin Nyusom iste’foga chiqishi kerak. Hammasiga uning aybi!!!”, — deb yozdi Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida gubernator familiyasini buzib ko‘rsatib.
Yong‘inlar oqibatida kamida besh kishi halok bo‘ldi va 137 mingdan ortiq odam evakuasiya qilishga majbur bo‘ldi. Kaliforniyada bir nechta yong‘inlar qayd etilgan va kuchli shamol tufayli yong‘in tarqalishda davom etmoqda.
AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden Italiyaga tashrifini bekor qildi, bir kun oldin Kaliforniyaga keldi va shtatda yirik tabiiy ofat e’lon qildi.