Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Donald Tramp: Hozirgi Eron rahbarlari ancha oqilona

Donald Tramp: Hozirgi Eron rahbarlari ancha oqilona

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronning hozirgi rahbarlari avvalgilariga nisbatan kamroq radikal va ancha pragmatik ekanini ma’lum qildi.

U bu haqda Oq uydagi Pasxa tadbirida so‘z yuritib, Eronda amalda “to‘liq rejim almashgani”ni aytdi. Trampga ko‘ra, hozir muzokara olib borilayotgan vakillar ancha oqilona va kelishuvga ochiq.

Shuningdek, u ma’lum shartlar bajarilsa, urush tez yakunlanishi mumkinligini ta’kidladi.

Tramp Eron bilan kelishuv bo‘yicha belgilagan oxirgi muddat — seshanba kuni ekanini eslatib, Tehron taklifi muhim bo‘lsa-da, yetarli emasligini qayd etdi.

Kiritildi: 23:38 06.04.2026. O'qildi: 269 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!