Dominikan Respublikasining Santo-Domingo shahridagi tungi klub tomining qulashi natijasida 221 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda favqulodda xizmatlar direktori Xuan Manuel Mendes xabar bermoqda.
"Biz 189 kishining hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldik, afsuski, ayni damda halok bo‘lganlar soni 221 nafarni tashkil etmoqda" - dedi Mendes.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qutqaruv operasiyasi Favqulodda vaziyatlar xizmati uchun so‘nggi 20 yildagi eng qiyin vazifaga aylandi. Sog‘liqni saqlash vaziri Viktor Atallahning xabar berishicha, muassasadagilarning aksariyati "bir zumda" vafot etgan.
Ekspertiza davomida 146 nafar halok bo‘lgan jasadni aniqladi.
Qulash Jet Set klubida 8 aprelga o‘tar kechasi merenge ijrochisi Rubba Peresning konserti vaqtida sodir bo‘lgan. Uning jasadi bino vayronalari ostidan topilgan, xonanda vafot etgan. Halok bo‘lganlar orasida Monte-Kristi provinsiyasi gubernatori Nelsa Kruz va musiqachi Luis Solis ham bor.
Mamlakat prezidenti Lui Abinader respublikada uch kunlik motam e’lon qildi.