Maxachqal’a va Kaspiyskdagi aksilterror operasiyasi davomida tinch aholi vakillari orasida qurbonlar bo‘lmagan.
Bu haqda Milliy aksilterror qo‘mitasi (MAQ) matbuot xizmati xabar berdi.
“Tinch aholi orasida qurbonlar va huquq-tartibot idoralari xodimlari orasida qurbonlar yo‘q”, — deyiladi xabarda.
MAQning qo‘shimcha qilishicha, hozirda zarur tezkor-tergov chora-tadbirlari hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.