Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Dog‘istonda terrorga qarshi operasiya davomida uch kishi qo‘lga olindi

A A A
Dog‘istonda terrorga qarshi operasiya davomida uch kishi qo‘lga olindi

Dog‘istonda Maxachqal’a va Kaspiysk shaharlarida o‘tkazilgan aksilterror operasiyasi (KTO) chog‘ida terrorchilik jinoyatlarini sodir etishni rejalashtirgan uch kishi qo‘lga olindi.

Bu haqda Milliy aksilterror qo‘mitasi (MAQ) matbuot xizmati xabar berdi.

“Xavfsizlik organlari bir qator terrorchilik jinoyatlarini sodir etishni rejalashtirgan uch banditni qo‘lga oldi”, — deyiladi xabarda.

MAQ ma’lumotlariga ko‘ra, jangarilar qo‘lga olingan joyni tekshirish chog‘ida avtomatlar, o‘q-dorilar va qo‘lbola portlovchi moslama topilgan.

Kiritildi: 12:20 31.03.2024. O'qildi: 1466 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!