G‘azo sektoridagi falastinliklar Isroil janubidagi chegara hududlarini yana o‘qqa tutdi.
Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, harbiylar Falastin anklavining shimoliy qismidan kamida bitta raketa uchirilganini qayd etgan. Snaryad Erez nazorat-o‘tkazish punkti yaqiniga tushgan.
Qayd etilishicha, raketa tahdidi tufayli Isroil bilan chegaradosh Netiv HaAsara qishlog‘i yaqinida havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilingan. Qurbonlar haqida ma’lumotlar yo‘q.
2024 yilning ikkinchi yarmida deyarli to‘xtagan G‘azo sektoridan Isroil hududini o‘qqa tutish so‘nggi haftalarda sezilarli darajada oshdi. Isroil armiyasi ham anklavga hujumlar intensivligini oshirmoqda.