Shanba kuni Ukrainaning Dnepropetrovsk shahrida havo hujumi haqida ogohlantirish paytida portlashlar sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda "Ukrinform" axborot agentligi.
Ukraina Raqamli transformasiya vazirligining onlayn xaritasiga ko‘ra, havo hujumi haqida ogohlantirish Dnepropetrovsk, Sumi va Poltava viloyatlarida yangramoqda.
"Dnepropetrovskda shovqin baland", deya xabar beradi "Ukrinform"ning o‘z muxbiri.