Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Diqqat! Yurtimizga issiq havo kirib kelmoqda

Diqqat! Yurtimizga issiq havo kirib kelmoqda

Joriy yilning 5-8 iyun kunlari O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan issiq havo kirib keladi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining bosh direktori Sherzod Xabibullayev o‘zining feysbukdagi sahifasida ma’lum qildi.

Buning hisobiga maksimal havo harorati, jumladan:

5-6 iyunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida 40-41 darajagacha;

6-8 iyunda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 40-42 darajagacha;

5-8 iyunda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida 38-40 darajagacha;

7-8 iyunda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 36-39 darajagacha ko‘tariladi.

7-8 iyun kunlari shimolda, janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

Kiritildi: 11:54 02.06.2023. O'qildi: 25351 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!