Bugun 22 mart, 2025 yil, shanba

КИР

"Diplomatik xizmat a’lochisi" va "Diplomatik xizmat fidoyisi" ko‘krak nishonlari ta’sis etildi

"Diplomatik xizmat a’lochisi" va "Diplomatik xizmat fidoyisi" ko‘krak nishonlari ta’sis etildi

Hukumat qarori bilan tegishli nizomlar tasdiqlandi.

▫️"Diplomatik xizmat a’lochisi" ko‘krak nishoni bilan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi milliy manfaatlarini himoya qilish va mamlakat obro‘sini oshirish hamda davlatning tashqi siyosiy va iqtisodiy manfaatlarini samarali ilgari surish borasidagi vazifalarni vatanparvarlik ruhida, sidqidildan va namunali tarzda bajarayotgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimidagi hamda boshqa vazirlik va idoralar xodimlari taqdirlanadi.

▫️"Diplomatik xizmat fidoyisi" ko‘krak nishoni bilan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ikki va ko‘p tomonlama aloqalarining rivojlanishiga sezilarli hissa qo‘shgan chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shu jumladan, xorijda doimiy yashaydigan vatandoshlar taqdirlanadi.

Kiritildi: 14:43 20.03.2025. O'qildi: 475 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!