O‘zbekiston Superligasi 17-turning dastlabki bahsida "Dinamo" Olmaliqda "Metallurg"ni minimal hisobda mag‘lub etdi. Uchrashuvda Anvar Xojirmirzayevning yagona goli samarqandliklarga g‘alaba keltirdi.
Abramov jamoasi ochkolarini 20 taga yetkazib, 9-o‘ringa chiqib oldi. G‘alaba nimaligini bilmayotgan Bekobod klubi 10 ochko bilan so‘nggi pog‘onada qoldi.
Superliga. 17-tur
Metallurg — Dinamo 0:1
23 avgust, OKMK stadioni
Gol: Anvar Hojimirzayev (45+1).