Bugun 2 may, 2026 yil, shanba

КИР

Dengiz sathi ko‘tarilgach, bir qancha davlatlar yo‘q bo‘lib ketishi mumkin

A A A
 Dengiz sathi ko‘tarilgach, bir qancha davlatlar yo‘q bo‘lib ketishi mumkin

Global isish tufayli dengiz sathining ko‘tarilishi juda ko‘p aholining halokatiga olib keladi. Bunday prognoz 14 fevral, seshanba kuni BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida tashkilot bosh kotibi Antoniu Guterrish tomonidan e’lon qilindi. U falokatdan aziyat chekuvchilar uchun boshpana berishni tartibga soluvchi va xalqaro huquq sohasidagi qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritishga chaqirdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda sayyoramizda 900 million odam qirg‘oqbo‘yi past hududlarda istiqomat qiladi va ularning barchasi xavf ostida. «Butun boshli davlatlar abadiy yo‘q bo‘lib ketishi mumkin», deb ogohlantirgan Guterrish. U muzliklarning erishi davom etayotgani sababidan nafaqat orol davlatlari, balki Bangladesh, Xitoy, Hindiston va Niderlandiya kabi davlatlar ham xavf ostida qoladi, deya ta’kidlagan.

Mutaxassislarning fikricha, jahon okeani sathining ko‘tarilishi tez-tez bo‘ronlar va toshqinlar bilan birga keladi. Shu bilan birga, tuproq va suv tuz tufayli sho‘rlanadi, ko‘plab hududlar yashash uchun yaroqsiz holga keladi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqlim bo‘yicha ekspertlari ma’lumotlariga ko‘ra, 1900-2018 yillar oralig‘ida dunyoda dengiz sathi 15-25 santimetrga ko‘tarilgan. 2100 yilda Yerdagi havo harorati sanoat rivojlanishidan oldingi davrga nisbatan ikki darajaga iliqroq bo‘ladigan ssenariyga ko‘ra, global dengiz sathi yana 43 santimetrga ko‘tarilishi kutilmoqda. Haroratning Selsiy bo‘yicha 3-4 daraja ko‘tarilishi natijasida bu ko‘rsatkich 84 santimetrgacha yetishi mumkin.

2023 yil yanvar oyi boshida Science jurnalida e’lon qilingan tadqiqot natijalariga ko‘ra, 2100 yilga kelib, Yerdagi global isishning hozirgi sur’atida muzliklarning 68 foizi yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.

Kiritildi: 21:25 15.02.2023. O'qildi: 7156 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!