Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Demokratlar Baydenning siyosatga qaytishini qo‘llab-quvvatlamaydi

Demokratlar Baydenning siyosatga qaytishini qo‘llab-quvvatlamaydi

AQSh Demokratik partiyasi vakillari sobiq prezident Jo Baydenning siyosiy maydonga qaytganidan norozilik bildirdi.

Bu haqda The Hill manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, norozilik Bayden 2024 yilgi saylovlarda mag‘lubiyatga uchraganidan beri birinchi marta omma oldida chiqish qilganidan keyin kuchaygan. Partiya hamkasblarining fikricha, sobiq prezident faol siyosiy faoliyatdan voz kechib, yangi arboblarga "joy bo‘shatishi" kerak.

Ba’zi demokratlarning fikricha, Baydenning jamoatchilik kun tartibiga qo‘yilishi amaldagi prezident Donald Trampga hujum qilish uchun qo‘shimcha imkoniyat beradi.

Dastlab Jo Bayden 2024-yilgi prezidentlik saylovlarida Demokratik partiyadan nomzod sifatida ko‘rsatilgan edi. Biroq Tramp bilan muvaffaqiyatsiz bahslardan so‘ng uning o‘rnini vise-prezident Kamala Xarris egalladi va oxir-oqibat saylovlarda mag‘lub bo‘ldi.

Kiritildi: 11:10 20.04.2025. O'qildi: 789 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!