Bugun 18 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

«Demokratiya, inson huquqlari qani?»: Erdo‘g‘an AQSh kongressmenlarini tanqid qildi

«Demokratiya, inson huquqlari qani?»: Erdo‘g‘an AQSh kongressmenlarini tanqid qildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Istanbulda yuqori texnologiyalarni rag‘batlantirish dasturi taqdimotida so‘zga chiqib, mavjud xalqaro tizimni o‘zgartirish zarurligini yana bir bor ta’kidladi.

«Ikkinchi jahon urushida g‘alaba qozongan davlatlarning iqtisodiy, siyosiy, harbiy va diplomatik manfaatlarini himoya qilish uchun shakllangan global tizim eskira boshladi», — dedi Turkiya rahbari Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning AQShda qilgan nutqini sharhlar ekan.

Turkiya Prezidenti ta’kidlashicha, «insoniyatga xizmat qilganlarni olqishlash kerak. Vakillar palatasi qariyb 40 ming bolalar, ayollar va qariyalarni yo‘q qilgan odamni olqishladi».

Turkiya rahbarining qayd etishicha, “dunyoga demokratiya va inson huquqlari haqida ma’ruzalar o‘qiyotganlar zamonamiz Gitlerini zarracha uyalmasdan ulug‘lamoqda.

«7-oktabrdan beri dunyo bolalar va ayollar qanday o‘ldirilayotganini xuddi kino ko‘rayotgandek uzoqdan kuzatmoqda», — dedi Erdo‘g‘an.

Turkiya prezidenti Netanyaxuning AQSh Kongressidagi nutqi paytidagi qarsaklarni tanqid qildi: “Bu nima gap? Buni tushunish mumkinmi? Demokratiya qayerda? Erkinlik qayerda? Inson huquqlari qayerda?".

Kiritildi: 09:27 27.07.2024. O'qildi: 1010 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!