Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Dehlidan Toshkentga “shampun” ichida dori olib kirayotgan fuqaro ushlandi

Dehlidan Toshkentga “shampun” ichida dori olib kirayotgan fuqaro ushlandi

Dehlidan uchib kelgan fuqaroning yo‘l sumkasi tekshirilganda, soch yuvish vositasiga ustamonlik bilan yashirilgan, belgilangan tartibda bojxona nazoratiga taqdim etilmagan, og‘zaki so‘rovda aytilmagan, hech qanday hujjatlarga ega bo‘lmagan dori vositalari borligi aniqlandi.

Fuqaro shisha idishda jami 199 dona EUTRIG hamda ampula ko‘rinishidagi 120 dona SODIUM CHLORIDE INJECTION IP nomli dori vositalari, shuningdek, 19 dona stomatologiya uchun sement (plomba)ni yashirib olib o‘tmoqchi bo‘lgan.

Ularning taxminiy qiymati 30 mln so‘mni tashkil etmoqda.

Hozirda bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi tartibga ko‘ra, «Qizil» yo‘lak orqali o‘tadigan jismoniy shaxsda yo‘lovchi bojxona deklarasiyasida qayd etilmagan, yozma ravishda deklarasiyalanishi shart bo‘lgan tovarlar borligi aniqlangan holatlarda, bunday shaxs O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.

Kiritildi: 10:22 17.10.2024. O'qildi: 1019 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!