"Million" guruhi asoschisi Davron Kabulov tvitterda quyidagicha post qoldirdi: "San’at olami vakili sifatida aytaman: Xudo kursatmasin, favkulodda vaziyat yuz bersa, vatanni birinchi bo‘lib san’atkorlar sotadi. Bunisi mayli: narigi tarafda dushman bayrog‘ini ko‘tarib yurgan bo‘ladi. San’atkorlarimizning yuzi har 2-3 yilda har xil ochilavermasligi uchun xam tinchlik bo‘lsin!"
Aftidan, Davron Kabulovni Gulnora Karimova atrofida shou biznes vakillari bilan sodir bo‘layotgan voqealar shunday fikr bildirishga majbur qilgan.