Qosim-Jo‘mart To‘qayev bunday fikrni Ana tili gazetasiga bergan intervyusida bildirdi.
"Gruziyadagi so‘nggi voqealar ushbu xulosamga yaqqol misol. Davlat boshqaruvining siyosiy tizimini tanlash o‘ta mas’uliyatli, kabinetda o‘tirib emas, faqat umumxalq referendumi yo‘li bilan qabul qilinadigan qaror. Mening “Kuchli Prezident – Nufuzli Parlament – Hisobdor Hukumat” konsepsiyam Qozog‘iston siyosiy tizimi uchun eng maqbul yechim ekaniga ishonchim komil. Boshqaruvning prezidentlik shakli hozir va yaqin kelajakda Qozog‘iston uchun eng yaxshisi ekaniga ishonaman", — dedi To‘qayev.