Bugun 17 may, 2025 yil, shanba

КИР

Davlat organlarining inson resurslarini boshqarish bo‘yicha faoliyati samarali tashkil etiladi

A A A
Davlat organlarining inson resurslarini boshqarish bo‘yicha faoliyati samarali tashkil etiladi

“Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini boshqarish bo‘yicha faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Hukumat qarori (212-son, 09.04.2025 y.) qabul qilindi.

🔖Qarorga muvofiq 2025 yil 1 maydan:

🔹respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini boshqarish bo‘yicha faoliyati Davlat fuqarolik xizmati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan baholab boriladi;

🔹respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmalari rahbarlari ushbu qaror talablari asosida Davlat fuqarolik xizmati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan attestasiyadan o‘tkaziladi.

✅Qaror bilan “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmalari to‘g‘risida”gi Namunaviy Nizom tasdiqlandi.

✔️Ushbu Nizom respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmalarining vazifalari va funksiyalari, faoliyatini tashkil etish tartibini hamda ularga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.

📝Bo‘linma rahbari lavozimiga, qoida tariqasida, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, kamida 2 yil mehnat stajiga ega, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikni o‘zlashtirgan, inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish hamda axborot xavfsizligi va shaxsga doir ma’lumotlar bilan ishlash bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lgan shaxslar tayinlanadi.

Kiritildi: 13:50 10.04.2025. O'qildi: 596 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!