Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Davlat mulki ob’ektlari bilan savdo o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlar portali ishga tushiriladi

A A A
Davlat mulki ob’ektlari bilan savdo o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlar portali ishga tushiriladi

Vazirlar Mahkamasining «Davlat mulki ob’ektlari bilan savdo (tanlov)larni o‘tkazish jarayonlari ochiqligi va shaffofligini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qaror loyihasi prezidentning «Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.

Qayd etilishicha, qaror loyihasini qabul qilishdan maqsad davlat mulki ob’ektlari bilan savdolarni o‘tkazish to‘g‘risidagi axborotlarni shaffof va yagona platformada e’lon qilib borish, bozor kon’yukturasida shakllanadigan narxlar bo‘yicha tahliliy axborotlar manbasini yaratish, davlat mulklaridan samarali foydalanish jarayonini monitoring qilish va jamoatchilik nazoratini o‘rnatishdan iborat.

Qaror loyihasida davlat mulki ob’ektlari bilan savdo (tanlov)larni o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish portalini yaratish, portalga joylashtiriladigan axborotlar va unga integrasiya qilinadigan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar ro‘yxatini tasdiqlash nazarda tutilmoqda.

Kiritildi: 13:07 12.07.2023. O'qildi: 1654 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!