Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Davlat mehnat inspeksiyasiga kameral nazorat o‘tkazish vakolati beriladi

Davlat mehnat inspeksiyasiga kameral nazorat o‘tkazish vakolati beriladi

🔰 Qarorga ko‘ra, sanoat kirib bormagan mahallalarda 2025 yil 1 dekabrga qadar 1 000 ta, 2026 yilda 2 000 ta qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda kichik ishlab chiqarish loyihalari ishga tushiriladi.

🏢 “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga o‘qitish markazlari negizida kasbiy ko‘nikmalar markazlari tashkil etiladi hamda quyidagilar yo‘lga qo‘yiladi:

🔸2025 yil 1 yanvardan ish beruvchilar talabiga moslashuvchan o‘qitish muddati va vaqtini nazarda tutuvchi tezkor kurslar;

🔸2025 yil 1 martdan amaliy kasbiy ko‘nikmalarni bevosita ish joyida shakllantirish imkonini beruvchi yangi tajribani joriy etish;

🔸2026 yil 1 yanvargacha kasbiy ko‘nikmalar markazlarini xalqaro baholash tashkilotlarining akkreditasiyasidan o‘tkazish orqali ularning bitiruvchilariga xorijda tan olinadigan sertifikatlar (malaka pasportlari) berish;

🔸2026 yil 1 iyulgacha xalqaro standartlar bo‘yicha kasbiy malakani baholovchi markazi tashkil qilinadi va xorijiy davlatlarda tan olinadigan malaka sertifikati berish;

📆 Shuningdek, 2025 yil 1 martdan:

➖Davlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari mansabdor shaxslariga mehnat huquqlari va mehnatni muhofaza qilish, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish, aholi bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini bajarmaganligi uchun kameral nazorat o‘tkazish vakolati beriladi.

➖mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlarda mehnat huquqlari va mehnat muhofazasi ta’minlanganlik holati onlayn reyting asosida baholanadi.

Kiritildi: Bugun 14:19. O'qildi: 257 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!