Bugun 23 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Davaktiv Toshkentdagi «Matbuot uyi» binolari investorga berilganini rad etdi

Davaktiv Toshkentdagi «Matbuot uyi» binolari investorga berilganini rad etdi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA) ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Matbuotchilar ko‘chasida joylashgan «Matbuot uyi» majmuasi xususiy investorga o‘tkazilgani haqidagi ma’lumotni rad etdi.

Platforma.uz Telegram kanali manbaga tayanib, bino tadbirkorga berilgani va endi jurnalistlarga tegishli emasligi haqida xabar bergandi.

DABA ma’lumotlariga ko‘ra, bu xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va taxminlarga asoslangan. Prezident qaroriga muvofiq, bino va unga tutash inshootlar operativ boshqaruv asosida O‘zA milliy axborot agentligiga o‘tkazilgan.

Bir yildan ortiq vaqtdan beri rekonstruksiya qilinayotgan muassasa mediashaharchaga aylanishi kutilmoqda.

«Hozirgi kunda „Matbuot uyi“ binosida demontaj ishlari yakuniga yetib, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan. Ta’kidlash joizki, hozirgi vaqtda „Matbuot uyi“ bino va inshootlarining sotilishi nazarda tutilmagan va O‘zA mazkur binoning yagona balansda saqlovchisi hisoblanadi», — deyiladi xabarda.

Agentlik xabariga ko‘ra, qurilish ishlari yakunlangach, binoda mamlakatdagi barcha davriy bosma nashrlar tahririyatlari joylashadi.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining xabar berishicha, ayni paytda binoning beton-panel elementlari demontaj qilingan, faqat ramkasi qolgan.

«Kelgusida binoni energiya tejamkor va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, qulay sharoitlar yaratish, binoga zamonaviy qiyofa berish rejalashtirilgan», — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 22:58 08.04.2025. O'qildi: 818 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!