Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Davaktiv agentligi Madaniy meros agentigining ogohlantirish haqidagi axborotiga munosabat bildirdi

A A A
Davaktiv agentligi Madaniy meros agentigining ogohlantirish haqidagi axborotiga munosabat bildirdi

“Madaniy meros agentligining bugungi murojaatida Buyuk Turon ko‘chasi, 41-uy manzilida joylashgan binolar Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari ro‘yxatiga kiritilganligini ma’lum qilingan.

Ta’kidlash joizki, 2023 yil iyundagi kadastr hujjatlariga ko‘ra Ob’ektning umumiy hududi 28 888 kv. metrni, bo‘sh yer maydoni 15 211 kv. metrni, bino va inshootlarning hajmi 42 048 kv. metrni, shundan 25 024 kv. metrni ishlab chiqarish va yordamchi binolar tashkil etadi va 3 ta alohida ma’muriy binolar mavjud.

Shundan kelib chiqib, Davaktiv agentligi va Madaniy meros agentligi rahbarlari o‘rtasida o‘tkazilgan muloqotda ob’ekt hududida joylashgan bino-inshoot yoki yer maydonining qaysi qismi (biri) madaniy meros ob’ekti hisoblanishiga aniqlik kiritish bo‘yicha birgalikda ish tashkil etish kelishib olindi va bu to‘g‘risida Davaktiv agentligining murojaati yuborildi.

Shu bilan birga, Buyuk Turon ko‘chasi, 42-uyda joylashgan O‘zbekiston milliy axborot agentligi (UzA)ning ma’muriy binosi madaniy meros ob’ekti ro‘yxatiga kiritilmagan, ammo ushbu bino Toshkent shahrining tarixiy arxitekturasini, shu jumladan, muhim “modernizm” yodgorligi qiyofasini aks ettirishini inobatga olib, uni saqlab qolish maqsadida savdoning asosiy sharti etib ma’muriy binoning tarixiy qiyofasini saqlab qolish belgilangan”, deyiladi Davaktiv xabarida.

Kiritildi: 19:22 22.09.2023. O'qildi: 1374 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!