Daniya o‘zining qurolsiz askarlarini Ukrainaga mashg‘ulotlar uchun jo‘natmoqchi. Bu haqda quruqlikdagi qo‘shinlar boshlig‘i Piter Boyesen TV 2 telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.Uning so‘zlariga ko‘ra, Daniya askarlari Ukraina Qurolli kuchlaridan, birinchi navbatda, dronlardan foydalangan holda urush tajribasini o‘rganishlari kerak. Kurs dasturi 1-2 haftaga mo‘ljallangan.
Daniyaliklar oldingi chiziqdan sezilarli masofada, ehtimol Ukraina g‘arbidagi o‘quv markazlarida joylashgan bo‘ladi. Boysenning so‘zlariga ko‘ra, mashg‘ulotlar shu yilning yozida boshlanishi mumkin. Ushbu kurslarda qancha askar qatnashishi hozircha ma’lum emas.
Rossiyaning Daniyadagi elchisi Vladimir Barbin bu xabarga javoban Kopengagenning qarori “daniya askarlarining hayotini xavf ostiga qo‘yishini” aytdi. Axir, Barbinning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hududidagi barcha harbiy ob’ektlar Rossiya armiyasi, jumladan, mamlakat g‘arbidagi o‘quv markazlari uchun "qonuniy nishon" hisoblanadi.