Daniya parlamenti pensiya yoshini bosqichma-bosqich 70 ga oshirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ma’qulladi.
“Report” Yevropa OAVlariga tayanib xabar berishicha, qonun loyihasini 81 deputat yoqlab, 21 deputat qarshi ovoz bergan.
Rejaga ko‘ra, pensiya yoshi bosqichma-bosqich oshiriladi: 2030-yilga borib u 68 yoshga, 2035-yilga kelib 69 yoshga, 2040-yilga kelib esa 70 yoshga yetadi.
Eslatib o‘tamiz, hozirda Daniyada 67 yoshda nafaqaga chiqiladi.
Bu g‘oya tarafdorlari pensiya yoshini oshirish zaruriyatini mamlakatda umr ko‘rish davomiyligini oshirish bilan bog‘laydi. Kasaba uyushmalari, o‘z navbatida, bu qadamlarni tanqid qiladi.