Suriyaning Damashq shahrida mikroavtobus portlashi oqibatida besh kishi jarohatlandi, deb xabar bermoqda SANA agentligi.
«Al-Vurud mavzesida bo‘sh mikroavtobusning portlashi natijasida besh nafar tinch aholi vakili jabrlandi. Jabrlanuvchilar zarur tibbiy yordam ko‘rsatish uchun Damashqdagi kasalxonaga yetkazilgan...», — deyiladi nashr xabarida.