Bugun 9 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Damashqda Isroil havo hujumi natijasida yetti nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi

Damashqda Isroil havo hujumi natijasida yetti nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi

Suriya davlat axborot agentligi Damashqda Isroil havo hujumi natijasida yetti nafar tinch aholi vakili halok bo‘lganini ma’lum qildi.

SANA agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil samolyotlari tomonidan Damashqning aholi zich joylashgan hududidagi turar-joy binosiga 3 ta raketa bilan zarba berilgan. Halok bo‘lganlar orasida ayollar va bolalar ham bor. Shuningdek, 11 kishi jarohatlangan.

Saudiya Arabistonining Al Hadath telekanaliga ko‘ra, zarba nishoni Erondan Livanga qurol-yarog‘ yetkazib berishni muvofiqlashtirgan Hizbullohning yuqori martabali vakili bo‘lgan. Isroil hujumga izoh bermadi.

Kiritildi: Bugun 08:23. O'qildi: 296 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!