Bu haqda The Wall Street Journal nashri ma’lum qildi.
"Amerika, Yevropa va arab davlatlari rasmiylarining so‘zlariga ko‘ra, dekabr oyida Suriyada Bashar Asad rejimi ag‘darilgandan keyin Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan qurolli guruhlar Suriyadan chiqib ketdi", deya xabar beradi nashr.
WSJ manbalariga ko‘ra, muxolifatchilar Damashqda hokimiyatni egallagan paytda, Suriyada eronparasat kuchlarning minglab jangchilari bo‘lgan.
"Ular asosan mamlakatning sharqida, shuningdek, Damashqda joylashgan edi. Keyin ularning asosiy qismi, jumladan, Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi ofiserlari Iroqning chegara shahri Al-Qoimga o‘tgan. Damashqda bo‘lgan eronliklar samolyotda Tehronga uchib ketgan, “Hizbulloh” harakati jangchilari esa Livanga chekingan", deb yozadi gazeta.