Damashq aeroporti joriy yil 7 yanvardan xalqaro reyslarni qabul qilish va jo‘natishni boshlaydi.
Bu haqda Suriya fuqaro aviasiyasi va havo transporti boshqarmasi boshlig‘i Ashhad al-Salibiy ma’lum qildi.
2024 yilning 8 dekabrda Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asad hokimiyatdan ag‘darilganidan so‘ng tijorat parvozlari vaqtincha to‘xtatilgan edi.